Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulʻtetining quyidagi vazifalarni amalga oshirishga katta yeʻtibor beriladi: yangi oʻquv dasturi asosida taʻlim sifatini yanada oshirish; talabalarning mustaqil ishlarini tashkil yetish va rahbarlik qilish; uzluksiz amaliyot jarayonini yaxshilash; ishlab chiqarish, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan aloqani mustahkamlash; shartnomalar asosida talabalarni shaxsiy reja asosida oʻqitishga oʻta boshlash; talabalar bilimiga baho berishda reyting usulini joriy yetish va x. k.
Kafedralarda bajariladigan ilmiy - tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalar muntazam jalb yetilib kelinmoqda. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ilmiy anjuman va seminarlarda muhokama yetilib, hisobotlarda va maqolalarda oʻz aksini topmoqda.
Fakulʻtet professor-oʻqituvchilari jamoasi tomonidan monografiyalar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, uslubiy qoʻllanmalar yaratilmoqda. Respublika va xorij jurnallarida professor oʻqituvchilar ilmiy maqolalari muntazam chop yetilib turadi.
Fakultet professor-oʻqituvchilari qurilish ilmi va uning natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish borasida ham muvaffaqiyatlarga yerishmoqdalar. Ilmiy-tadqiqot ishlari Davlat grantlari asosida bajariladigan innovatsiya, amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqarish tashkilotlari buyurtmasiga koʻra xoʻjalik shartnomalari shaklida olib borilmoqda. Buning natijasida kafedralar moddiy texnika taʻminoti yuksalmoqda, oʻqituvchilar ijtimoiy himoyalanmoqda va institut xazinasiga ham sezilarli mablagʻ tushmoqda.
Fakultetda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga jiddiy yeʻtibor beriladi. Professor-oʻqituvchilar va murabbiylar har bir talabani komil inson qilib tarbiyalashga bor kuch-gʻayratlarini sarflamoqdalar. Fakultetda milliy qadriyatlar, milliy anʻanalar, bayramlar, sharqona urf-odatlar, udumlarga bagʻishlangan kechalar, yigʻilishlar, suhbatlar muntazam oʻtkaziladi. Taniqli adabiyot va sanʻat namoyandalari, shoirlar, bastakorlar, yozuvchilar, aktyorlar bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtiriladi.