Ilmiy faoliyat

Fakultetning asosiy ilmiy yoʻnalishlari:

  • Mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida qurilish materiallari, toʻldiruvchilar va ular asosida qurilish konstruksiyalar va devor panellarini loyixalash;

  • Mineral va polimer bogʻlovchilar asosida kompozismon qurilish materiallari yaratish va tadqiq etish;

  • Kompozitsion qurilish materiallarining nano va mikrostrukturalarini xossalarini oʻrganish;

  • Mahalliy xom ashyolar asosida modifikatsiyalangan bogʻlovchilar bilan koʻchuvchan qumlarni xossalarini yaxshilash va qoʻllash texnologiyasi;

  • Chiqindilar asosida olingan qumni qotiruvchi reagentlarning fizik-kimyoviy, struktura hosil qilish va reologik xossalarini oʻrganish;

  • Ikkilamchi xom ashyo asosida yaratilgan import oʻrnini bosuvchi modifikatsiyalangan superplasifikator qoʻshilgan yuqori mustahkamlikka ega va yemirilishga bardoshli beton ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.

  • Fazoviy geodezik toʻrni barpo etish usullari va xatoliklarini matematik modellashtirish;

  • GNSS asosida geodezik tarmoqlarni optimallashtirish usullarini ishlab chiqish (konchilik obyektlari misolida);

  • Qurilish konstruksiyalarining shakli va fazoviy holatining parametrlarini aniqlashda geodezik usullarni takomillashtirish;

  • Global pozitsion sistemada aniqlangan planli geodezik toʻrlarni tenglashtirishda koordinatalar usulini qoʻllash;

  • Qishloq aholi punkti Yerlarini baholashning uslubiyatini takomillashtirish (Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani misolida);

  • Gidrotexnik inshootlarning geodezik kuzatuv natijalarini tahlil qilish va deformatsiyasini prognozlash;

  • Qishloq aholi punktlari yerlarini monitoringini yuritish usullarini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida);

  • Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida GAT texnolgiyalarini yaratish uslubiyatini tadqiq qilish va ishlab chiqish.

  • Muqobil energiyadan foydalanish;

  • Energiya tejamkor muhandislik kommunikatsiyalari;

  • Gelioqurilmalar va ularning tuzilishi va foydalanish;

  • Suv taʻminoti tizimlarining tejamkor, ishonchli, takomillashgan usullarini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish;

  • Oqova suvlarni oqizish tizimlarining tejamkor, ishonchli, takomillashgan usullarini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish.

  • Geometriya va topologiya.

  • Differensial tenglamalar va matematik fizika tenglamalari.

  • Taʻlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika).

  • Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari.

  • Elektr tizimlari va mashinalari.

MA'LUMOTLAR
ALOQA UCHUN
BIZNING MANZIL