Sirtqi-talim

Muhandislik Qurilish Infrastrukturasi fakulteti sirtqi bo‘limi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sirtqi bo‘limi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-son qarori, “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 21-noyabrdagi 930-sonli, “Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-yanvardagi 64-sonli va “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-sonli qarorlari va boshqa mehyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 675-son qarori ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” asosida sirtqi ta’limda jami 14 ta ta’lim yo‘nalishida talabalar tahsil olmoqdalar.
Bu talabalar asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Admimstratsiyasi “QURILISH BIRLASHMASI" DUK, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O’zbekgidroenergo” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzshaharsozlik LITI” DUK, “Trest 12” AJ va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 606-son qarori ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida nizom” asosida sirtqi ta’limda jami 13 ta ta’lim yo‘nalishida ham tahsil oluvchi talabalar mavjud.
2022-2023 o‘quv yilida jami 21 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 2744 nafar talaba ta’lim oladi. Shundan, Muhandislik Qurilish Infrastrukturasi fakulteti sirtqi bo‘limida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha talabalar tahsil olib kelmoqdalar.

  • 60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)

  • 60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)

  • 60730700 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

  • 60730600 - Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

MA'LUMOTLAR
ALOQA UCHUN
BIZNING MANZIL